Roberto Karlos "Anji"ga moliyaviy yordam ko'rsatishga tayyor, Eto'O esa yo'q

Narzulla Saydullayev
17 may 2019
"Anji" klubi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Maxachqala klubiga moliyaviy yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi.

"Qilingan ishlardan so'ng "Anji"ni bunday holatda ko'rish judayam og'ir. Kerimov "Anji"ni juda ham yuqori bosqichga ko'targan edi.

Agar ular yordam so'rashsa, men yordam berishdan mamnun bo'lar edim", - deydi braziliyalik.

Dog'istonliklarning sobiq forvardi Eto'O esa jamoaga yordam berasizmi degan savolga yo'q deb javob bergan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportbox.ru