Robbi Fauler: "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin Suares uchun juda muhim"

Tolibjon Qosimov
25 sen 2013
"Liverpul" sobiq hujumchisi Robbi Fauler Angliya liga kubogi 3-bosqichi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin Luis Suares uchun juda muhim ekanini ta'kidladi.
"MYU"ga qarshi o'yin uning uchun so'nggi imkon, sababi Luis klubga ham, muxlislarga ham pand berdi. Ammo barcha Suaresni yonini olishdi, sababi u ajoyib o'yinchi.

Suares o'zini oldingidek tutmasligiga ishonaman", – deydi Fauler.

Eslatib o'tamiz, Suares o'tgan mavsum oxirida "Chelsi" himoyachisi Ivanovichni tishlab olgani uchun 10ta o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. Bugun u maydonga tushishi mumkin, sababi 10ta o'yinni o'tkazib bo'ldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru