"Rivojlanish kubogi". O'zbekiston U-17 termasi Belarus bilan durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
20 fev 2024
Asker Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi 18-24 fevral kunlari Belarusda bo'lib o'tadigan "Rivojlanish kubogi" xalqaro turnirida ishtirok etadi.

Dastlabki turda vakillarimiz Rossiya U-16 termasiga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o'ynagandi. 2-turda Xalmuratov shogirdlari mezbon Belarus Respublikasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobi qayd etdi.

Belarus 1:1 O'zbekiston

Gollar: Daniel Volski 23 - Davron To'laganov 38.

O'zbekiston U-17: Rasul Mamatov, Muhammadali Qodirjonov, Behruzjon Karimov, Diyor Ermanov, Quvonchbek Abraev, Shahobiddin Po'latov, Asadbek Anvarov, Saddam Ahmadov, Davron To'laganov, Kamronbek Yusupov.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia