Rivojlanish kubogi-2020. Azamat Abduraimov shogirdlari bu safar Belgiya U-17'ga engildi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2020
Bahraynda o'tadigan U-16 Osiyo chempionatiga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Belarus poytaxti Minskda tashkil etiladigan “Rivojlanish kubogi-2020”da qatnashmoqda.

Terma jamoamiz bugun musobaqa doirasidagi ikkinchi o'yinini o'tkazdi. Belgiya bilan kechgan o'yinda Yevropaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Belgiya U-17 – O'zbekiston U-16 2:1

Gollar: Al Butaibe (21), Brake (61) – Xayrullaev (67).

O'zbekiston: Kenjaev, Pogosyan, M. Abdurazzoqov, To'xtasinov (Poyonov, 68), Todorov, Husanov, Xayrullaev (Inomov, 68), Pazildinov (Omonaliev, 58), Turdimurodov (Hojiboev, 47), Qaxxorjonov (Bahodirov, 68), N. Abdurazzoqov (Akramov, 27).

Ogohlantirishlar: Husanov (30), Xayrullaev (57), Dassi (78).

Chetlatish: M. Abdurazzoqov (53).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати