“Rivojlanish kubogi-2020”. Azamat Abduraimov jamoasi musobaqani yirik mag'lubiyat bilan boshladi

Bahraynda o'tadigan U-16 Osiyo chempionatiga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Belarus poytaxti Minskda tashkil etiladigan “Rivojlanish kubogi-2020”da qatnashishi haqida xabar bergan edik.

Azamat Abduraimov boshchiligidagi jamoamiz mazkur musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvda mezbonlarga qarshi maydonga tushdi. Vakillarimi bu bahsda belaruslarga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Musobaqa taqvimi bilan tanishish.

Belarus - O'zbekiston 4:1 (2:1)

Gollar: 1:0 - Latixov, 4; 1:1 - Akramov, 16; 2:1 - Kunskiy, 19; 3:1 - Chernook, 43; 4:1 - Zinovich, 55.

Hakamlar: N.Kabak, V.Aleshkevich, A.Goncharuk, D.Dubatovka. 

Uchrashuv inspektori: G.Verbickiy.

Belarus: Yurasov, Parxomenko (Urbanovich, 60), Moskalenchik, Mixnyuk (Kuznecov, 41), Zinovich (s) (Kuzmich, 50), Kunskiy (Shedko, 50), Marchuk, Kasarab (Osipov, 60), Latyxov (Migdalenok, 50), Martynovich (Nijnik, 60), Chernook.

Uzbekistan: Boymurodov, Pogosyan (s) (Omonaliev, 50), Abdurazzoqov, To'xtasinov, Todorov, Husanov, Xayrullaev (Baxodirov, 75), Pazildinov (Inomov, 50), Turdimurodov (Xodjiboev, 60), Akramov (Abdurazzoqov, 50), Poyonov (Qahorjonov, 60).  

Ogohlantirish: Abdurazzoqov, 73.


Manba: championat.asia