Rivaldo JCH-2022 favoritlari haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2022
Braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo JCH-2022da Argentina va boshqa terma jamoalar imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Argentinaning so'nggi o'yinlariga qarab, ularning ajoyib holatda ekanligini ko'ryapman. Shuning uchun JCH-2022da ularga diqqat bilan yondoshishimiz kerak. 

Jamoa himoyada ajoyib o'ynamoqda. Lionel Messi ayni paytda terma jamoadagi sheriklari bilan yaxshi harakat qilyapti. Bu esa o'yinni osonlashtiradi. Shuning uchun, Argentina sovrin uchun kurashda yaxshigina raqobat ko'rsatishini kutyapman. Ahir bu Messi uchun so'nggi jahon chempionati bo'lishi mumkin. 

Argentinadan tashqari Fransiya, Ispaniya, Germaniya kabi Yevropa terma jamoalarini ham favoritlar qatoridan o'chirmaslik kerak. Chunki ularda ajoyib futbolchilar va boy tarix bor. Ular turnirga yaxshi formada yetib kelishadi. 

Qatardagi JCH boshqalaridan farq qiladi. Chunki futbolchilar to'rt haftalik yig'indan emas, o'zlarining eng yaxshi formalarida bo'lgan holatda yetib kelishadi. Shu sababli farqlarni kuzatiz qiziq bo'ladi", - dedi Rivaldo. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Bеtfair