"Barselona" sobiq futbolchisi: "Vinisius – YCHL va La Ligadagi ishlari evaziga "Oltin to'p" uchun kurashda favorit. Termadagi ishlar boshqa masala"

Omonjon To`xtamirzayev
24 okt 2024
Rivaldoning fikriga ko'ra, "Oltin to'p"ni Vinisiusga topshirish adolatli bo'ladi.

"Vinisiusniki kabi o'yin uslubi doim muhim bo'ladi. Ishonchim komil, uning o'zi ham "Oltin to'p"ni yutishdan umidvor. Terma jamoadagi ishlari qovushmagan bo'lsada, "Madrid" bilan Chempionlar Ligasi va La Ligada bajargan ishlari, erishgan yutuqlari uchun u bunga loyiq.

Men uchun Vinisius – favorit, – dedi "Barselona" va Braziliya termasi sobiq futbolchisi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca