Risharlison nima sababdan Saudiyaga ketmaganini aytdi

Mirjalol Normatov
8 avg 2024
"Tottenxem" futbolchisi Risharlison nima sababdan Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishni istamaganini aytdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Al Hilol" va "Al Ittihod" tomonidan qiziqishlar bo'lgani aytilgandi.

"Takliflar bo'ldi, biroq Braziliya termasi va APLda o'ynash kabi orzularimdan voz kechmadim.

Gap katta pullar haqida ketgandi. Lekin mening orzularim undan-da katta", - dedi Risharlison.

APLning o'tgan mavsumida braziliyalik futbolchi 28 o'yinda 11 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN