Ris Jeyms "Nyukasl"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan keyin: "Barcha javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman"

Administrator
26 noya 2023
Himoyachi mag'lubiyat uchun muxlislardan kechirim so'radi.

"Chelsi" klubi futbolchisi Ris Jeyms "Nyukasl"dan uchralgan yirik (4:1) mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchi ushbu o'yinda qizil kartochka olib, jamoadoshlarini qiyin ahvolga solib qo'ygandi. 

"Qizil kartochkam uchun barcha javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'ydim. Bu yana bir dars bo'ldi. Jamoadoshlarim va muxlislardan uzr so'rayman. 

Ko'rsatgan o'yinimiz asl darajamizdan ancha past bo'ldi, bu o'yin bizning haqiqiy ko'rinishimiz emas. Grand klublarga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatyapmiz", -deydi Ris Jeyms. 


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports