Rio olimpiadasi sovrindori "Mashal" mashg'ulotlariga qo'shildi

Khoja
10 avg 2025
Rio Olimpiadasida porlagan vinger Umar Aminu "Mashal" ixtiyoriga qo'shildi.

Kecha jamoaning Jizzaxda olib borgan mashg'ulotlarida 30 yoshli futbolchi "jonli karidor"dan o'tgan.

Eslatib o'tamiz, nigeriyalik futbolchi muborakliklar bilan bir yillik shartnoma imzolagandi. U o'z faoliyati davomida Turkiyaning "Samsunspor", "Osmanlispor", "Rizespor", "Bodrum", "Bandirmaspor", "Tuzlaspor", "Beykoz Anadolu", shuningdek, Kiprning “Mirakl Degirmenlik" jamoalarida to'p tepgan.

Ma'lumot uchun, Aminu 2016 yil Nigeriya bilan Riodagi Olimpiya O'yinlarida bronza medaliga ega chiqqan.


KhojaMuallif
Manba: @Mashal_uzbekistan