Rio Ferdinand "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin Donnarummani keskin tanqid qildi

Omonjon To`xtamirzayev
11 apr 2024
"Manchester Yunayted" va Angliya termasi sobiq himoyachisi Rio Ferdinand PSJ kiperi Janluijji Donnarummaning "Barselona"ga qarshi o'yinini keskin tanqid qildi.

"Donnarumma yulduzlik kasaliga chalingan yoki shunga o'xshash holatda deb o'ylamayman, ammo u butun o'yin davomida o'ziga o'xshamadi. U baland bo'yidan umuman foydalangani yo'q. Bu jihatini u qanday qilib unutib qo'ymoqda, tushuna olmayapman", - dedi Rio Ferdinand.

Eslatib o'tamiz, Donnarumma 3 ta gol o'tkazib yubordi va PSJ "Barselona"ga o'z uyida 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk