Rio-2016. Ixtiyor Navro'zov Olimpiada bronza medal sohibi!

Narzulla Saydullayev
21 avg 2016, 23:01
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda Rio Olimpiadasining so'nggi kunidan o'rin olgan erkin kurash bahslari davom etmoqda.

Hozirgina 65 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Ixtiyor Navro'zov bronza medali uchun kechgan bahsda g'alaba qozonib, Rio Olimpiadasi sovrindoriga aylandi.

Ixtiyor bronza medali uchun kechgan bahsda mo'g'ulistonlik raqibi Maxdangaran Manzorigni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Bronza medali muborak, IXTIYOR!!!!!!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com