Rikkardo Montolivo Evro-2016ni o'tkazib yuborishi mumkin
Tolibjon Qosimov
30 may 2016
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rikkardo Montolivo jarohat tufayli Evro-2016ni o'tkazib yuborishi mumkin.
Bu haqda "Sky Italia" xabar bergan. Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi Shotlandiyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinidan so'ng sonidan jarohat olgan.