Rifat Jemaletdinov: "Ronaldu – dunyoda eng yaxshisi, lekin xudo emas"

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Rifat Jemaletdinov Chempionlar ligasidan kutayotganlarini so'zlab berdi.


– Chempionlar ligasidagi eng qiyin guruhga tushdingiz. Shunday deb o'ylaysizmi?

– Albatta, qiyin. Lekin, oson guruhlar bo'lmaydi.


– "Yuventus", "Atletiko" va "Bayer". Bu "o'lim guruhi" emasmi?

– Yevropa chempionatidaligimizda ham "o'lim guruhi"ga tushgandik va birinchi o'rin bilan guruh bosqichidan o'tgandik. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Kurashamiz.


– "Lokomotiv" birinchi o'rin bilan guruhdan chiqishiga ishonasizmi?

– Nimaga yo'q. Bizda saralangan yaxshi o'yinchilar bor. Syuropriz taqdim etamiz.


– Aynan kimga qarshi o'ynashni istayapsiz?

– Hammaga qarshi. Yaxshi jamoalar. Top klublar. O'z salohiyatimni barchaga namoyish etishni istayapman.


– Nahotki, Krishtianu Ronaldudan qo'rqmayapsiz?

– U - super o'yinchi. Dunyoning eng yaxshisi deb hisoblayman. Lekin, xudo emas. Unga qarshi jang qilamiz.


– Yani, Krishtianu xudo emas va uni engish mumkin?

– Albatta, - deydi Jemaletdinov.


Manba: sport-express.ru