Riberi tez orada futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qiladi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2022
Bu haqda “Goal” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Frank Riberi “Salernitana” bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qiladi. Francuz 2021 yil kuzida mazkur jamoa a'zosiga aylanib, mavsum oxiriga qadar bitim imzolagandi.

38 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 12 o'yinda qatnashib, 2 golga hammuallif bo'ldi. U tez orada futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilishi kutilmoqda.

Hujumkor yarim himoyachi “Bulon”, “Olimpik Ales”, “Brest”, “Mec”, “Galatasaroy”, “Marsel”, “Bavariya” va “Fiorentina” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal