Riberi: "Oktoberfest uchun juda keksaman"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2016
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi bu yilgi Oktoberfest bayramida ishtirok eta olmaydi.

"Oktoberfest uchun juda keksaman" - deydi 33 yoshli Riberi.

Oktoberfest - har yili Myunxenda o'tkaziladigan oktyabr oyining xalq sayli. Bu jahondagi eng yirik sayl hisoblanadi. Oktoberfest har yili 6 mln.ga yaqin mehmonlarni jalb qiladi. Bayram sentyabr o'rtasida - oktyabr boshida Myunxen markazidagi Tereza o'tlog'ida o'tkaziladi. Uning davomiyligi o'rtacha 16 kunni tashkil qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz