

Bu haqda avval xabar bergan edik. Francuz futbolchisi o'zining instagramdagi sahifasiga qo'ltiq tayoq bilan tushgan suratini joyladi va ajoyib qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, u tizzasidagi og'riq kamayganini aytdi va oldingidan ham kuchliroq bo'lib qaytishga vada berdi.

Riberi yana shunday deb yozdi: "Oxirgi kunlarda juda ko'plab yaxshi sms xabarlar oldim. Muxlislardan bunday qo'llab-quvvatlashni qabul qilish ajoyib.
Mening tizzam tuzalmoqda, endi 100 foiz e'tiborimni qaytishga qaratishim mumkin. Men kuchliroq bo'lib qaytaman. #MiaSanMia # FR7".






