Riberi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022
Fransiyalik futbolchi Frank Riberi ijtimoiy tarmoq orqali faoliyatini tugatgani haqida ma'lumot berdi.

"To'p to'xtamoqda. Ichimda esa tuyg'ular yo'q. Ushbu ajoyib sarguzasht uchun barchangizga rahmat", – deb yozgan futbolchi.

Futbolchi o'ynagan so'nggi klub "Salernitana" edi. Riberi bu jamoada elchi sifatida ishlashda davom etishi mumkin. U klubda 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelayotgandi.

39 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi.

Riberi faoliyatining katta qismini "Bavariya"da o'tkazdi (2007 yildan 2019 yilgacha). Shuningdek, u "Galatasaroy", "Fiorentina", "Marsel" va boshqa bir qator Fransiya klublarida to'p tepgan.

Yarim himoyachi Germaniya chempionatida 9 marta chempionlikka erishgan, 6 ta Germaniya Kubogi, Germaniya Liga Kubogi, 5 ta mamlakat Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempioni unvoniga ega. 2006 yilda Riberi Fransiya terma jamoasi bilan birgalikda Jahon chempionatining kumush medalini qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Brief