RFI "Spartak"ning chempionatdan chiqib ketishi to'g'risidagi gaplarga izoh bermadi

Rossiya Futbol Ittifoqi Moskvaning "Spartak" klubi xo'jayini Leonid Fedunning futbol bo'yicha Rossiya chempionatini tark etishi to'g'risidagi bayonotiga izoh berishda bosh tortdi.

Xusainov – "Spartak" - "Sochi" uchrashuvidagi hakamlik haqida: "Inson jirkanchligining chegarasi yo'q!" 

"Sport-Ekspress" nashri jurnalisti Vyacheslav Korotkin RFI aloqa bo'limi bilan bog'langan, ammo mas'ullar Fedunning so'zlariga izoh berishdan bosh tortishgan.

"Sochi" (2:2) qarshi o'yindan keyin "Spartak" prezidenti keskin bayonot bergan edi.

"Spartak" prezidenti RPLdan ertagayoq chiqib ketmoqchi: "Masxarabozlar chempionatida o'ynamoqchi emasmiz"


Manba: Спорт-Экспресс