RFI RPLdagi chet ellik o'yinchilarni ortga qaytarishni so'radi

Alisher
11 may 2020
RFI rasmiy ravishda RF Tashqi ishlar vazirligidan RPL klublarining 60dan ortiq legionerlarini qaytarishni so'radi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Bunga sabab shuki, mamlakatdagi noqulay epidemiologik vaziyatga qaramasdan, liga rahbariyatining chempionatni davom ettirishga umid bog'layotganidadir. Mavsumni davom ettirish fikrini allaqachon RFI bosh kotibi Aleksandr Alaev tasdiqlagan.

Rossiya chempionati 17 mart kuni koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgandi. Mavsumni davom ettirish uchun turli variantlar ko'rib chiqilmoqda.

Ayni damda Rossiya Premer-ligasida "Zenit" 50 ochko to'plagan holda yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o'rinlarda "Lokomotiv", "Krasnodar", "Rostov", SSKA va "Dinamo" jamoalari o'rin olgan.


Manba: metaratings.ru


AlisherMuallif
Manba: