"Al Hilol" ustozi Rezvan Luchesku: "O'yini yaxshi tashkil etilgan va jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan jamoani mag'lub etdik"

Narzulla Saydullayev
15 sen 2020
OCHL 3-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" (2:1) uchrashuvidan keyin Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Rezvan Luchesku o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu g'alaba biz uchun hozirgi qiyin vaziyatda juda muhim edi. Men butun bahs davomida kurashib oxirigacha ishonishgani uchun rahmat aytaman. O'yini yaxshi tashkil etilgan va jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan jamoani mag'lub eta olishganidan xursandman.

Umuman olganda "Paxtakor" uchrashuv davomida to'p bilan ko'p muomala qildi, ammo vaqti-vaqti bilan imkoniyatlar yaratdik va to'pni qanotdan-qanotga ko'p o'tkazdik", - deydi "Al Hilol" bosh murabbiyi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia