"Reynjers"ning "Napoli"ga qarshi bahsi bir kun keyinga ko'chirildi

Оқил Абдубарноев
11 sen 2022
UEFA Chempionlar ligasi doirasida seshanba kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan "Reynjers" - "Napoli" uchrashuvi chorshanbaga ko'chirildi.

Qaror Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning vafoti munosabati bilan qabul qilindi, bu policiya cheklovlariga olib keldi.

Natijada UEFA "Napoli" muxlislari chorshanba kungi o'tkaziladigan to'qnashuvda ishtirok eta olmasligini va sport adolati nuqtayi nazaridan "Reynjers" muxlislari kelasi oy Neapolda bo'lib o'tadigan javob uchrashuviga tashrif buyurmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, "Reynjers" guruh bosqichining 1-turida "Ayaks"ga 0:4 hisobida yutqazdi. "Napoli" esa o'z maydonida "Liverpul"ni 4:1 hisobida taslim etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia