"Reynjers" UEFA taqiqiga qaramay, Britaniya madhiyasini qo'ydi

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2022
UEFA taqiqiga qaramay, "Reynjers" YCHL doirasidagi o'yin oldidan Britaniya madhiyasini qo'ydi.

Qirolicha Elizaveta II o'limi sabab "Reynjers" - "Napoli" uchrashuvi 13 dan 14 sentyabrga ko'chirilgandi. Uchrashuvga italiyalik muxlislar ham kiritilmadi. 

"Chelsi", "Siti" va "Reynjers" YCHLdagi uy uchrashuvlari oldidan Britaniya madhiyasini qo'yish uchun UEFAdan ruxsat so'rashgandi. Ammo bu so'rovga rad javobi berilgandi. O'yinlar oldidan YCHL madhiyasi qo'yilmadi, maydon markazida esa turnir logotipi aks etgan banner ham hilpiratilgani yo'q. 

Biroq, shotland klubi UEFAning taqiqiga e'tibor bermadi va bir daqiqalik sukutdan so'ng "Aybroks" stadionida muxlislar bilan o'z milliy madhiyasini ijro etdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail