

Yozda "Manchester Siti"ga o'tgan "Milan" sobiq futbolchisi Tijani Reynders o'yinni albatta ko'rishini aytib, "rossoneri" g'alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
"Albatta, o'yinni tomosha qilaman va "Milan"ni qo'llab-quvvatlayman. Jamoa hozirda juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Shunga qaramay, derbi ancha qiyin o'tishi aniq. Biroq men "Milan" uch ochkoni qo'lga kiritishiga ishonaman", – dedi Reynders.
Ayni paytda "Inter" A Seriya musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda, "Milan" esa uchinchi o'rinda.



