Reshfordning ijarasi deyarli hal. Maoshni "Aston Villa" to'laydi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2025
Markus Reshford mavsumning qolgan qismini "Aston Villa"da o'tkazadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Ijara iyungacha bo'ladi, "Aston Villa" futbolchining maoshini to'liq to'laydi. Hozir sotib olish bo'yicha muzokaralar ketmoqda.

Reshford Unai Emeri bilan muloqot qilishga ulgurgan. "Aston Villa" uni qo'lga kiritishga urinayotganidan xabardor.

Angliyalik 2024 yilning 12 dekabridan beri jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim qarori bo'yicha maydonga tushmayapti.

Markus Reshford joriy mavsum APLning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano