"Renn" yarim himoyachisi "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Alisher
7 avg 2021
"Manchester Yunayted" "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga bilan shartnoma imzolashga urinishda davom etmoqda.

18 yoshli o'yinchining Angliyaga yo'l olish ehtimoli mavjud. Futbolchining o'zi PSJga o'tishga harakat qilayotgan bo'lsa ham, buni Kamavinganing vakillari xohlashmoqda.

Uning "Renn" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yozga qadar mo'ljallangan, shu sabab francuz klubi yarim himoyachi bilan 30 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.

"Qizil iblislar" keyingi yili top-klublar xavbek uchun kurashmasligi uchun u bilan hoziroq shartnoma imzolashmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato