Renatu Sanshesh: "Yozda "Barselona"ga transferim tayyor edi, ammo u jarohat sabab barbod bo'ldi"

Alisher
22 noya 2021
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh top-klublarning unga qiziqishi haqida gapirdi.

"Milan" va "Arsenal" menga qiziqayotgandir, ammo men bu haqda bilmayman. "Milan" - tarixga ega katta klub. Ularda yuqori klass bor, bu menga yoqadi.

Agentim bilan gaplashdim. U bilan qaysi klublar aloqaga chiqayotganini bilaman, ammo hozir bu haqda ayta olmayman. Ammo, tayyorligimni bilaman. Agar taklif kelib tushsa, qaysi men uchun yaxshi bo'lishini qaror qilaman.

"Bavariya"ga kelganimda, bunday klubda o'ynashga tayyor emas edim. Yosh edim. Tayyor bo'lganimda esa menda ushbu jamoada o'ynashga imkon bo'lmadi.

Yozda menga ko'plab klublar qiziqishdi, ammo jarohat olganimda "Lill"da qolishimni tushundim. "Barselona" bilan barchasi tayyor bo'lgandi, transfer esa jarohatlar sabab barbod bo'ldi", - deydi Sanshesh.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe