Reglamentda yangilik! Bu yildan o'rinbosarlar bahsi asosiy tarkibdan ertasi kun o'tkaziladi

Xayrulla Xoliqov
18 yanv 2022
Bugun O'zPFL 2022 yilgi futbol musobaqalari uchun chiqarilgan reglamentni e'lon qildi.

Yangi reglamentda bazi yangiliklar bor. Shulardan biri - U-21 chempionati, yani xalqona til bilan aytganda, o'rinbosarlar bahsi bu yildan e'tiboran asosiy tarkib jamoalaridan bir kun keyin o'tkaziladi. 

Ma'lumki, shu paytgacha o'rinbosarlar asosiy tarkibdan bir kun oldin o'ynab kelayotgandi. Endilikda U-21 chempionati Superliga uchrashuvidan ertasi kuni bo'lib o'tadi. Agar qaysi jamoaning o'rinbosarlar o'ynaydigan stadioni talabga javob bermasa, o'sha jamoa uy uchrashuvlarini asosiy tarkib stadionida o'tkazadi. Bu haqda ham reglamentga yozib qo'yildi. 

U-21 chempionatida bu yil ham faqat Superliga klublarining o'rinbosarlar jamoasi ishtirok etadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia