

"Ushbu jamoani tomosha qilish juda yoqimli. Agar sizga futbol yoqsa, demak sizga "Man Siti"ning ham o'yini yoqadi. Pep Gvardiola o'ylashimcha, daho. O'yinchilar uning uchun tog'larni qalqon qilishadi.
U tarixdagi eng zo'rimi? Men uchun, uning jamoalari uslubi, kamtarligi va futbolchilarni o'sishini ko'rsak, haqiqatdan ham eng zo'ri. Keyinchalik nima bo'lishidan qatiy nazar.
Odamlar "Barsa"da uning qo'l ostida Messi, Xavi va Inesta bo'lganini aytishadi, ammo u qaerga bormasin, o'sish ko'rinadi. Joriy mavsum yana ham muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin", - deydi Rednapp.



