Rebrov Turkiyaning taniqli jamoalaridan birini boshqarishga rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2020
Ukrainalik mutaxassis Sergey Rebrov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi, deya xabar beradi Turkiye Gazetesi.

Manbaga ko'ra, Rebrov “Fenerbahche” ustoziga aylanadi. U hozirda Vengriyaning “Ferencvarosh” jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, Rebrov futbolchilik faoliyatida “Fenerbahche” bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. "Sariq to'tiqushlarni"ni esa Ersun Yanal boshqarib kelayotgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Turkiye Gazetesi