

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Tartib-intizom qo'mitasi "Real" himoyachisi Din Xyoysenni chetlatish bo'yicha apellyaciyasini rad etdi. Bu haqda AS xabar bermoqda. Futbolchi La Liganing 5-turidan o'rin olgan "Espanol"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Xyoysen "Real Sosedad"ga qarshi o'yinning 32-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi. Shundan so'ng, "qaymoqranglilar" Xalqaro futbol associaciyalari federatsiyasiga (FIFA) shikoyat qilishga tayyorligini ma'lum qildi. Unda Madrid klubi vakillari o'tgan mavsumda ham, joriy mavsumda ham ispan futbolida yuz bergan hakamlik bilan bog'liq voqealarni sanab o'tmoqchi bo'lgan.



