"Real"ning "Ueska"ga qarshi o'yini uchun qaydnomasidan jarohatidan forig' bo'lgan Ramos o'rin olmadi

Mirjalol Normatov
5 fev 2021, 22:55
"Real" matbuot xizmati jamoaning LaLiga doirasida "Ueska"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini ma'lum qildi.

Undan "Real" sardori Serxio Ramos o'rin olmagan. So'nggi olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi jarohatidan forig' bo'lgan va u uchrashuvda jamoasiga yordam berishi kutilgandi. Uning o'yin qaydnomasida bo'lmagani sababi ma'lum emas.

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Altube.

Himoyachilar: Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Mendi, Chust.

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kazemiro, Marvin.

Hujumchilar: Benzema, Asensio, Vinisius, Mariano.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal