"Ueska" tarkibiga yaponiyalik futbolchini qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022
"Ueska" matbuot xizmati Kento Xasimoto bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

28 yoshli futbolchi bir mavsum mobaynida ikkinchi LaLigada o'ynaydi. Oldinroq yaponiyalik futbolchi "Rostov" bilan kelishuvni to'xtatib, FIFA yaratgan imkoniyatdan foydalanishni maqul ko'rgani aytilgandi.

O'tgan mavsumda Xasimoto Rossiya chempionatining 10 o'yinida qatnashib, 2 gol qayd etdi. Bunga qadar u Yaponiyada 8 marta chempion bo'lgan holda "Vissel Kobe" tarkibida o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sdhuesca.es