"Real"ning sobiq hujumchisi: "Azar Ronaldu qilgan ishni takrorlay olmaydi"

Eldor Akmurzayev
28 avg 2019
Realning sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich joriy yoz madridliklar safiga kelib qo'shilgan Eden Azar hamda klubning sobiq a'zosi Krishtianu Ronalduni solishtirdi.

“Azar – shubhasiz juda yaxshi futbolchi. U Yevropada eng yaxshilaridan biri. O'ylashimcha, Ronaldu Real uchun qilgan ishini, Azardan kutmasligimiz lozim. Ushbu jamoada bosim Chelsidagidan ko'ra yuqoriroq va buni engib o'tish uchun biroz vaqt zarur. Bundan tashqari, Real – top futbolchilarga ega katta klub. Yangi o'yinchilar moslashish davrini o'tkazishi kerak bo'ladi. Bu kabi jamoa uchun bu oddiy holat”, – deydi 50 yoshli Miyatovich.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com