"Real"ning sobiq darvozaboni dunyoning eng kuchli posbonlarini sanab berdi

Mirjalol Normatov
25 dek 2020
"Real"ning sobiq posboni Migel Anxel ayni damda dunyoning eng yaxshi posbonlari haqida to'xtaldi.

"Menga barchadan ko'ra, Oblakning o'yinlari yoqadi. Menimcha u ayni damda eng kuchlisi.

Keyingi o'ringa Kurtuani, keyin esa ter-Shtegenni qo'yaman. Mark ham ajoyib posbon, biroq uning o'yin uslubi menga unchalik yoqmaydi. Kurtuadan ko'ra Oblakni men ustunroq deb bilaman", - dedi 73 yoshli sobiq posbon.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal