"Real"ning qaydnomasi e'lon qilindi. Azar "Atletik Bilbao"ga qarshi o'ynamaydi

4 iyul 2020, 22:45
Madridning "Real" klubi La Liga 34-turi doirasidagi "Atletik" bilan o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi. Uchrashuv 5 iyul kuni Bilbaoda o'tkaziladi.

Eder Azar mazkur bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Ma'lumot uchun, belgiyalik futbolchi "Xetafe"ga (33-tur) qarshi o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.

Darvozabonlar: Kurtua, Areolya, Altube.

Himoyachilar: Karvaxal, Eder Militao, Ramos, Marselo, Mendi, Xavi Ernandes.

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kazemiro, Valverde, Isko.

Hujumchilar: Benzema, Beyl, Vaskes, Yovich, Asensio, Braim Dias, Mariano, Vinisius, Rodrigo.


Manba: championat.asia