"Real"ning navbatdagi murabbiyi aniq...mi?

Mirjalol Normatov
15 noya 2024, 00:55
Xabi Alonso katta ehtimol bilan "Bayer"dagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.

"Eurosport" ma'lumotiga ko'ra, garchi yana bir mavsumlik shartnomasi bo'lishiga qaramasdan, ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Alonso "Bayer"ni tark etishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Alonsoning navbatdagi ish joyi "Real" bo'ladi. Shuningdek, Alexandro Grimaldo ham "Bayer"dan ketishi kutilmoqda. Ushbu mavsumda 10 o'yinda 1tadan gol va assist qayd etagn himoyachi yozda jamoasini almashtirishni qaror qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Eurosport