"Real"ning ikki nafar futbolchisi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin

Khoja
17 noya 2025
"Real Madrid"ning ikki nafar himoyachisi David Alaba va Antonio Ryudiger faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Har ikki himoyachiga Yaqin sharq jamoalarining bir qator jamoalaridan takliflar bor. 

 Yozda shartnomasi tugaydigan futbolchilar bilan "Real Madrid" kelishuvni uzaytirish niyatida emas ekan. Har ikki futbolchining jarohatlarga moyilligi "qirollik klubi"ning shu qarorga kelishiga sabab bo'lgan. 

 Alba joriy mavsum barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ryudiger esa atigi bittagina bahsda jamoasiga yordam bergan. 


KhojaMuallif
Manba: championat.com