"Real"ga qarshi javob o'yin oldidan "Bavariya"da yo'qotish

Alisher
5 may 2024
"Bavariya" himoyachisi Rafael Gerreyru Bundesliga 32-tur doirasidagi "Shtutgart" (1:3)ga qarshi o'yinda olgan jiddiy jarohati sabab jamoasining yaqin o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Bu haqda Myunxen klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.

Portugaliyalik himoyachining tibbiy ko'rikdan so'ng jamoasining yaqin o'yinlari, jumladan "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob bahsini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 8 may kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Ilk o'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.de