"Real"ga MYU himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
23 okt 2022
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot jamoani tark etishi kutilmoqda.

Unga ayni damda "Real" tomonidan qiziqishlar bor. "Goal" nashri transfer yaqinlashib kelayotgan qishda ham amalga oshishi extimoli borligini yozgan.

23 yoshli portugaliyalik futbolchi 30 mln evro atrofida baholanmoqda. Yozda u erkin agentga aylanadi. Dalot 2018 yildan buyon MYU tarkibida o'ynamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal