

"Qirollik klubi" yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi xarid qilishi kerak. Jamoa moliyaviy jihatdan og'ir kunlarni boshdan o'tkazayotgani tufayli Kilian Mbappe va Erling Xoland singari yulduzlarning transferini kelasi yozga qoldirib, bor e'tiborini Jonatanga qaratadi, deya xabar tarqatdi "todofichajes.com".
Ma'lumot uchun, kanadalik futbolchining atrofidagi vaziyatni "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Barselona" jamoalari ham kuzatib bormoqda. "Lill" rahbariyati 21 yoshli forvardni 60 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.



