"Real"ga braziliyalik yulduzni 70 mln evroga sotish taklif qilindi

Alisher
5 apr 2025, 12:38
Angliyaning "Chelsi" klubi yozda "Real"ning braziliyalik forvardi Endrikni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchi o'yin vaqti kamligi sabab klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda. Londonliklar Endrikka asosiy tarkibni kafolatlashga tayyor. Qayd etilishicha, "ko'klar" braziliyalik futbolchi uchun 70 mln evro to'lamoqchi.

Ammo, "Real" Endrik bilan xayrlashmoqchi emas. Madridliklar hujumchiga umid qilmoqda. Bu mavsumda futbolchi "qaymoqranglilar" safida 29 ta o'yin o'tkazib, ularda 7 ta gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central