Real Zidanning o'rniga 3 nafar murabbiyni ko'rib chiqmoqda

Narzulla Saydullayev
19 fev 2018
Real Zinedin Zidan o'z lavozimini tark etsa uning o'rnini kim bosishi mumkinligi haqida bosh qotirishni boshladi.

Klubdagilar yozda Zidanning o'zi qolish yoki ketishni hal qilishiga ishonishmoqda.

Uning o'rnini bosishi mumkin bo'lganlar orasida Yurgen Klopp, Maurisio Pochettino va Yoaxim Lev kabi murabbiylar bor. Uchala murabbiyning ham amaldagi shartnomasi mavjud.

Klopp Liverpulda, Pochettino Tottenxemda ishlamoqda. Lev Germaniya terma jamoasi bilan JCH-2018ga tayyorgarlik ko'rmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com