

2012 yilda "Real" o'z tarbiyalanuvchisi Xoseluni "Xoffenxaym"ga sotib olish huquqi bilan sotgan edi. "Xoffenxaym" jamoasi o'tgan mavsumda Xoseluni "Ayntraxt"ga ijara bergandi. Xoselu o'z o'rnida bundesligada 14 ta gol kiritishni uddasidan chiqdi va sobiq jamoasi nazariga tushdi.
Agarda Morata klub tark etsa, unda "Real" "Xoffenxaym"ga 14 million evro to'lab, Xoseluni o'z tarkibiga qaytarib olishi mumkin.



