"Real" va PSJ yozda Kesse bilan shartnoma imzolamoqchi. "Milan" xavbek bilan shartnomani uzaytirishning uddasidan chiqa olmayapti

Alisher
15 noya 2021
Yarim himoyachi Frank Kesse "Milan"dan ketishi mumkin.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi o'yinchisining shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan, hali uning uzaytirilishi bo'yicha muammo bor.

Yangi shartnoma imzolanishi xavbekning maosh bo'yicha talabi sabab deyarli imkonsiz, shuning uchun vaziyatni diqqat bilan "Real" kuzatmoqda. Ammo, Kesse bilan kelishishga urinadigan madridliklar PSJ tomonidan katta raqobatga duch kelishadi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: As