"Real" va PSJ Ekitike uchun "Nyukasl" bilan kurashmoqda

Alisher
22 iyun 2022
"Reyms" forvardi Ugo Ekitike faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

19 yoshli francuz uchun "Nyukasl" davogarlik qilmoqda. O'yinchi uchun kurashishga "Real" va PSJ ham tayyor.

Ekitike 2021/22 yilgi mavsum "Reyms" safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 5ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 28 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano