“Real” va “Arsenal” Xavertc uchun kurashmoqda. “Bayer” futbolchini 80 million evrodan kamiga sotmoqchi emas

“Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertc Yevropaning bir qator top klublari nazariga tushgan.

20 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisiga nafaqat “Bavariya” va “Chelsi”, balki “Real” va “Arsenal” klublari ham “ko'z olaytirishmoqda”, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.

Liverkuzenliklar futbolchini 80 million evrodan kam mablag' evaziga qo'yib yuborishmoqchi emas.


Manba: Журналист Николо Скиранинг Твиттер саҳифаси