"Real" TV YCHL qur'asidan keyin: "Ortiq hech kim "qaynoq to'pchalar" xaqida gapira olmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
31 yanv 2025
"Real"ning klub telekanali UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi qur'a natijalariga munosabat bildirdi.

Qur'a natijalariga ko'ra, Madrid klubi 1/8 finali yo'llanmasi uchun "Manchester Siti" bilan kuch sinashadi.

Jamoalar qatorasiga 4-bor YCHL pley-offida to'qnash keladi.

"Qizig'i, ular shunda ham "qaynoq to'pchalar" haqida gapirishadi. Ortiq hech kim bunday deya olmaydi. Nazarimda, ozirgi yillarda men Manchesterga, Vilyarrobledodan ko'proq boryapman", – dedi "Real" TV vakili.

Ta'kidlab o'tamiz, Vilyarrobledo Ispaniyaning Albasete viloyati (provinciyasi)ga kiruvchi shahar hisoblanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Real" TV