"Real" tez orada transfer haqida e'lon qiladi (fotofakt)

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018
Madridning "Real" klubi yaqin kunlar ichida ommaga jamoaning yangi futbolchisini tanishtirishi mumkin.

"Qirollik klubi"ning uy stadionida ekskursiya o'tkazgan bazi odamlar "Instagram"ga arenani ichiki ko'rishini tasvirlangan suratlarni joylashgan.



Rasmlarga e'tibor berib qarasangiz, "Real" yangi futbolchi tanishtirish uchun maxsus tribuna tashkil qilgan. Hozircha bu futbolchi kim ekanligi aniq emas.

Oldinroq, "Real" Sadio Mane, Robert Levandovski va Rodrigo Goeslarga qiziqayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia