"Real" "Sporting" himoyachisiga qiziqmoqda. Madridliklar uni Karvaxalga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda

Aslanov Jasurbek
28 sen 2021
"Real Madrid" yana bir himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Qaymoqranglilar"ning e'tiborini "Sporting" safida ijara asosida harakat qilayotgan Pedro Porro o'ziga tortmoqda. Himoyachining transfer huquqi "Manchester Siti"ga tegishli.

"Real" Pedro Porroni bir yildan beri kuzatib kelishmoqda. Klubdagilar uni Dani Karvaxalga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Ma'lumot uchun, "Sporting"da Pedro Porro 8.5 mln evro evaziga sotib olish huquqi bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo